Usta pulni olib va’da qilib kelmadi

Assalomu alaykum! Ustozlar, man bir ustaga ish qildirdim. Pulini oldidan to‘ladim, usta 10kun ichida ishizi tugatib beraman deb pul olib uyga ketdi. Shu bilan mana 2 yil o‘tdi. Buning hukmi nima bo‘ladi? Telefon qisam olmayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kabi insonlar haqida quyidagicha marhamat qilganlar: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: آيَةُ الْمُنَافِقِ ثَلَاثٌ: إِذَا حَدَّثَ كَذَبَ، وَإِذَا وَعَدَ أَخْلَفَ، وَإِذَا اؤْتُمِنَ خَانَ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Munofiqning belgisi uchtadir: gapirsa, yolg‘on gapiradi, va’da bersa, ustidan chiqmaydi va omonat unga ishonilsa, xiyonat qiladi», dedilar». 
عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَرْبَعٌ مَنْ كُنَّ فِيهِ كَانَ مُنَافِقًا خَالِصًا، وَمَنْ كَانَتْ فِيهِ خَلَّةٌ مِنْهُنَّ كَانَتْ فِيهِ خَلَّةٌ مِنْ نِفَاقٍ حَتَّى يَدَعَهَا: إِذَا حَدَّثَ كَذَبَ،  وَإِذَا عَاهَدَ غَدَرَ، وَإِذَا وَعَدَ أَخْلَفَ، وَإِذَا خَاصَمَ فَجَرَ. رَوَاهُمَا الْأَرْبَعَةُ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimda to‘rta 
(xislat) bo‘lsa, to‘liq munofiq bo‘ladi. Kimda o‘sha xislatlardan bittasi bo‘lsa, o‘shani tark qilmaguncha unda nifoqning bitta xislati bo‘ladi. Qachon gapirsa, yolg‘on gapiradi. Qachon ahdlashsa, ahdni buzadi. Qachon va’da bersa, ustidan chiqmaydi. Qachon xusumatlashsa, fojirlik qiladi», dedilar».
Ikkisini to‘rtovlari rivoyat qilganlar. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَثَلُ الْمُنَافِقِ كَمَثَلِ الشَّاةِ الْعَائِرَةِ بَيْنَ الْغَنَمَيْنِ، تَعِيرُ إِلَى هَذِهِ مَرَّةً وَإِلَى هَذِهِ مَرَّةً  Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Munofiq xuddi ikki poda orasida sarson bo‘lgan qo‘yga o‘xshaydi. Hali unisiga sarson bo‘ladi. Hali bunisiga sarson bo‘ladi», dedilar».
Sharh: 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining bu hadisi shariflarida munofiqning holini jonli misol bilan vasf qilib bermoqdalar. U zot munofiqni ikki qo‘ra orasida qay biriga qo‘shilishini bilmay, sarson bo‘lib yurgan qo‘yga o‘xshatmoqdalar.
Ha, munofiq ham xuddi o‘sha qo‘yga o‘xshab, yo mo‘minlarga, yo kofirlarga qo‘shila olmay, sarson bo‘lib yurgan narsadir. Alloh taolo o‘shandoq bo‘lishdan O‘zi asrasin. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

4 May 2022, 11:52 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar