Odob axloq

Assalomu alaykum! Birinchi marta xosil bergan darax mevasini yoshi ulug insonlar emoqligi kerak degan gap bor. Bu narsa bid’atmi?
Ro‘zada kechki tomon chanqoq boshlaganda xayolimda og‘iz ochish duosini aytib yuboray deyman. Zarari yo‘qmi? Suralarni yodlayotganimda qayerga borsam xam qaytaraveriladi, hatto hojatxonada ham. Bunda gunohkor bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). “Qachon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga biror hadiya yoki yangi pishgan mevani keltirilsa, u zot mevani ko‘zlariga surtar va o‘pib turib : “Alloh avvalini ko‘rsatganingdek oxirini ham ko‘rsatgin” derlar va o‘sha vaqt yonlarida qanday bo‘lsa ham biror bolacha bo‘lsa, unga berar edilar”. Ibn Sunniy rivoyati. 2). Siz imkon boricha hayolingizni ham nazorat qilishga harakat qiling. Inson xayolidagi narsaga mas’ul bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:45 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar