Shubxalanish
Assalomu alaykum! Savolim qo‘polligi uchun oldindan uzr so‘rayman. qazoi xojatga kirganimda xar safar katta xojat payti orqa najosat yo‘lidan axlat chiqayotgan payti tabiyki peshob xam chiqariladi. Shunda peshob bilan birga maniyga o‘xshash quyuq narsa xam chiqadi. Buni peshob chiqayotganda peshob yo‘lida chiqayotgani seziladi. Qog‘ozga olib qarasam quyuq dumaloq siydik aralash bo‘ladi. Xar safar shunday bo‘lganda bu maniymi menga g‘usl vojib bo‘ldimikan deb o‘ylanib qolaman, lekin maniy zakar qo‘zg‘alib shiddat bilan otilib ko‘p miqdorda chiqadi deb ikkilanib, vasvasaga tushaman. Shunday vaziyatda nima qilsam bo‘ladi? Ya’ni g‘usl qilishim kerakmi yoki tahorat qilib namoz o‘qisam bo‘ladimi ? Savolim qo‘polligi uchun yana bir bor uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahorat qilishingiz kifoya qiladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:53 | Savol-javoblar | 144 | Tahorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahorat qilishingiz kifoya qiladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:53 | Savol-javoblar | 144 | Tahorat