Namozda duo

Assalomu alaykum! Namozda bir narsaga tushunmayapman va ko‘pchilik joylarda turli xillikni ko‘ryapman. Har doim namoz vaqtida oxirgi rak’atni tugatib, salom berishdan oldin o‘zbekcha duo qilardim. Yaqinda bir qo‘llanmadan bilishimcha duo salom berilgach qilinarkan. Hozirdan shunday qilyapman. Umuman duo salom berilgachmi yoki undan oldin qilinadimi? Agar salomdan oldin duo qilish mumkin bo‘lmasa avvalgi namozlarim buzilganmi? Qayta o‘qishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilgan duolarni arab tilida salomdan oldin so‘rash joiz. Salom berishdan avval o‘zbekcha duo qilish joiz emas. O‘sha namozlarda bandalardan so‘raladigan narsalarni so‘ragan bo‘lsangiz masalan,     falonchiga uylanay, falon mol-dunyo ber, falon ishimni bitirib ber kabilar. Namozni buzilishida shak shubha yo‘q, hatto bu so‘rashlarni namoz ichida arab tilida so‘rasangiz ham namoz buziladi. Salomdan avval bandalardan so‘ralinmaydigan narsalarni Allohdan o‘zbek tilida so‘rasa namoz makruhi tahrimiylik bilan ado bo‘ladi. Qayta o‘qishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 12:03 | Savol-javoblar | 195 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar