Siydik yo‘llari shamollashi
Assalomu alaykum! Men old jinsiy a’zomni shamollatib qo‘ydim. Istinjo qilganimdan keyin juda achishib og‘riydi va yana xojatga chiqqim keladi chiqsam o‘zi chiqadigan xojat juda kam bo‘ladi siydik yo‘llarini shamollatganman. Davolangan edim keyin yana bir ikki bor issiq suvgamas sovuq suvga istinjo qilgandim shundan beri shunday siydik ham tomib turadi. Paxta quyib olman doimo nam bo‘lib qoladi. Istinjo qilib tahorat olib namozlarni boshlasam jinsiy a’zom og‘riydi achishadi. Kechqurun uxlashdan oldin paxta quyib olib uxlayman. Ertalab bomdodga tursam paxta ozroq nam bo‘lgan bo‘ladi rangi ba’zi vaqtlar sariq lekin paxtani old tarafiga o‘tmagan bo‘ladi. Bu doimo bo‘ladi siydik yaxshi ushlay olmaydigan bo‘lib qoldim. Bir ikki bor maziy bo‘lsa kerak deb g‘usl qildim ammo qarasam har doimo shunday bo‘lmoqda. Siydik yoki maziy ekanligini bilmayapaman. Hidi ham yo‘q paxtani siqib ko‘rsam hech narsa chiqmaydi faqat orqa tarafi ozroq nam bo‘ladi faqat uxlaganimda emas qachon paxta quysam keyin olib qarasam nam bo‘lmoqda. Tahoratdan oldin paxta quyib olib bir 20 minutdan keyin paxta olib yangi paxta quysam ham keyinroq paxtani olib qarasam nam bo‘lmoqda orqa tarafi.Paxtani olib jinsiy a’zomni qarasam hech qanday oq suyuqlik yo‘q bo‘ladi ichki kiyimda ham oq suyuqlik yo‘q bo‘ladi. Bunday holatda nima qilanadi har bomdoddan oldin g‘usl qilaveramanmi? Ko‘p g‘usl qilgani sog‘lig‘im ham kelishmaydi? Juda qiyin bo‘lmoqda vasvasa ham bo‘lmoqdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz jinsiy a’zoni mutlaqo yuvmang. Qog‘oz bilan tozalab cheklaning. Sahobalar yillab kesak bilan tozalanib namoz o‘qiyverganlar. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 11:57 | Savol-javoblar | 152 | Tahorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz jinsiy a’zoni mutlaqo yuvmang. Qog‘oz bilan tozalab cheklaning. Sahobalar yillab kesak bilan tozalanib namoz o‘qiyverganlar. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 11:57 | Savol-javoblar | 152 | Tahorat