Nasroniy bilan nikoh
Assalomu alaykum! Men musulmon qizman. Nasroniy yigitga turmushga chiqishim mumkinmi? U Xudo borligiga va Iyso alayxissalom Uning o‘g‘li emas balki payg‘ambari ekanligiga ishonadi. Ammo islomni qabul qilmokchi emas. Biror kishining mo‘min musulmon bo‘lishiga kimdir da’vat qiladiku, kimdir sababchi bo‘ladi. Balki uning xam musulmon bo‘lishiga sababchi bo‘larman. Maslaxatingiz kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo Qur’oni karimda muslima ayolni Islom dinidan boshqa birorta dindagi erkakka turmushga chiqishini harom qilgan. Mabodo erga teksangiz ham nikohingiz bog‘lanmaydi, hayotingiz zino bo‘ladi, farzandlaringiz valadizino bo‘lishadi. Musulmon bo‘lmagan kishi jannatga kirmasligini ham Alloh taolo Qur’onda bayon qilgan. Nechadir yillik birga yashashni deb abadiy oxiratingizni barbod qilmoqchi bo‘lsangiz shunchalikka Alloh tanlash imkonini bergan. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi :وَلاَ تَنكِحُواْ الْمُشْرِكَاتِ حَتَّى يُؤْمِنَّ وَلأَمَةٌ مُّؤْمِنَةٌ خَيْرٌ مِّن مُّشْرِكَةٍ وَلَوْ أَعْجَبَتْكُمْ وَلاَ تُنكِحُواْ الْمُشِرِكِينَ حَتَّى يُؤْمِنُواْ وَلَعَبْدٌ مُّؤْمِنٌ خَيْرٌ مِّن مُّشْرِكٍ وَلَوْ أَعْجَبَكُمْ أُوْلَئِكَ يَدْعُونَ إِلَى النَّارِ وَاللّهُ يَدْعُوَ إِلَى الْجَنَّةِ وَالْمَغْفِرَةِ بِإِذْنِهِ وَيُبَيِّنُ آيَاتِهِ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ221. Mushrikalarni iymon keltirmagunlaricha nikohingizga olmang. Shubhasiz, mo‘mina cho‘ri mushrikadan, gar u sizni qiziqtirsa ham, yaxshidir. Va mushriklar iymonga kelmagunlaricha, ularga nikohlab bermang. Shubhasiz, mo‘min qul mushrikdan, gar u sizni qiziqtirsa ham, yaxshidir. Anavilar o‘t-olovga chaqirarlar. Alloh esa O‘z izni ila jannatga va mag‘firatga chaqirar hamda odamlarga O‘z oyatlarini bayon qiladir. Shoyadki, eslatma olsalar. Nikoh insoniy aloqalar ichida eng muqaddas va ahamiyatlisidir. Bu aloqa odam bolasining ko‘plab xohish-istaklariga javob beradi. Nikohdagi ikki shaxs bir-biriga eng yaqin shaxslar hisoblanadilar. Bu holga erishish avvalo, qalblarning birlashmog‘ini, qalblarning birlashmog‘i esa aqiyda birligini taqozo etadi. Chunki har bir insonning hayotiy yo‘lini belgilaydigan o‘lchov uning diniy nuqtai nazari bo‘ladi. Shu boisdan Islomda aqiydasida buzuq ayollarga uylanish, mushrik erkaklarga turmushga chiqish man etiladi. «Va mushriklar iymonga kelmagunlaricha, ularga nikohlab bermang». Ya’ni mo‘minalarni ularning nikohiga bermang. Muslima-mo‘mina ayollar musulmon dinidagi erkakdan boshqa erkakka turmushga chiqishlari mutlaqo mumkin emas. Agar u erkak Islomga kirib, mo‘min bo‘lsagina, ruxsat bo‘ladi. Hatto erkak yahudiy yoki masihiy dinida bo‘lsa ham, muslima ayolning unga nikohlanishi harom. Faqat musulmon erkak bo‘lishi shart. Payg‘ambarimiz alayhissolatu vassalom: «Biz ahli kitobning ayollariga uylanamiz, ular bizning ayollarimizga uylanmaydilar», – deganlar. Shuning uchun Alloh taoloning bayon qilib bergan oyatlariga amal qilib yashash kerak. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
4 May 2022, 12:03 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar