Musulmon bilan urishish
Assalomu alaykum! Musulmonni so‘kish fosiqlikdir, urish esa kufrdir (Imom Buxoriy). Bu juda jiddiy hadis ekan. Bu hadisi sharifga ko‘ra kimnidir ursak kofir bo‘lyapmizmi? Men musulmonni urish gunohligini bilardim. Kofir bo‘lishini bilmasdim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi:عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: سِبَابُ الْمُسْلِمِ فُسُوقٌ وَقِتَالُهُ كُفْرٌ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّAbdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Musulmonni so‘kish fosiqlikdir. U bilan urishish kufrdir», dedilar».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Ma’lumki, fosiqlik katta gunoh hisoblanadi. Shariat ko‘rsatgan chegaradan chiqib, gunoh ishlarni qiluvchilar fosiq hisoblanadilar. Fisq dindan chiqishning boshlanishi bo‘lib, tavba qilmasdan, o‘sha gunohni davom ettirgan odam dindan chiqadi. Shuning uchun ham hadisi sharifda «So‘kish fisq, urishish esa kufr» deyilyapti. Chunki fisq kufrga olib borganidek, so‘kish ham urishishga olib boradi.
Odatda, odamlar so‘kishga uncha e’tibor bermaydilar. «So‘ksa, so‘kilib qolarmidi», deb ketaveradilar. «Falonchi bo‘lgandan keyin so‘kadi-da», degan noo‘rin mulohazalarni ham aytadilar. Aslida esa so‘kish gunoh va qabih ish bo‘lish bilan birga, o‘zidan ko‘ra kattaroq gunoh va halokatlarga eltuvchi yo‘l ham hisoblanadi.
Imom Bazzor Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar. U kishi sanadini payg‘ambarimizga etkazadilar. U zoti bobarakot sollallohu alayhi vasallam:
«Musulmonni so‘kish halokat jari yoqasiga kelganligini anglatadi», degan ekanlar.
Jar yoqasiga kelgandan so‘ng unga tushib ketish hech narsa bo‘lmay qoladi. Demak, so‘kishga nisbatan beparvo bo‘lish, so‘ksa nima bo‘pti, degan qabilida ish tutish mutlaqo noto‘g‘ri ishdir.
Xususan, so‘kishni ko‘p ishlatadigan beodob odamlar katta gunohlarga sabab bo‘ladilar. Ular oliy ilm dargohlarini bitirganlar, katta mansablarni egallagan bo‘lishlari, yaxshi kiyinib, yaxshi yashashlari ham mumkin. Ammo modomiki, ichlarida yaxshilikka amal qildiruvchi kuch yo‘q ekan, og‘izlaridan chiqayotgan so‘zlarni tuzatmas ekanlar, kim bo‘lishlaridan qat’i nazar, fosiq bo‘ladilar, madaniyatsiz, tuban inson hisoblanadilar. O‘zaro muomalada birinchi bo‘lib so‘kkan odam katta ma’naviy jinoyat qilgan, oradagi hurmat va izzat, o‘zaro tushunish pardasini yirtgan, yomonlikka yo‘l ochgan bo‘ladi.
Imom Bayhaqiy Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam:
«Har qanday ikki musulmonning orasida albatta, Alloh taolo tomonidan tutilgan parda bo‘ladi. Ulardan biri ikkinchisiga bir og‘iz so‘kish so‘z aytsa, Allohning pardasini yirtgan bo‘ladi», deganlar.
Islom dinida kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ehtiromning qanchalik ulug‘lanishini ko‘ryapsizmi? Hadisi sharifda bu narsa «Allohning pardasi» deb atalmoqda.
Xalq orasidagi «Insof qilaylik, oramizdan parda ko‘tarilmasin, yuzimiz ochilmasin, keyin yaxshi bo‘lmaydi», degan gaplar ushbu hadisi sharifdan olingan bo‘lsa, ajab emas. Demak, boshqa bir odamni birinchi bo‘lib so‘kkan kishi katta ma’naviy jinoyat qilgan bo‘ladi. U oz emas, ko‘p emas, olamlarning Robbi Alloh taolo insonlar orasiga qo‘ygan pardani yirtgan hisoblanadi.
Shu bilan birga, ikkinchi tomon ham darrov o‘t olib, so‘kishni boshlab yuborishi kerak emas. Birinchi odam uni so‘kish bilan katta gunoh qildi: o‘zining beodob, pastkash ekanini ko‘rsatdi. Endi ikkinchi kishi u bilan tenglashmasligi shart.
Imom Ibn Hibbon rivoyat qilgan hadisda Niyoz ibn Himor quyidagilarni aytadilar:
«Men Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga
«Ey Allohning Rasuli! Bir odam meni so‘ksa, u o‘zimdan past bo‘lsa, undan g‘olib keladigan bo‘lsam, menga biror narsa bo‘ladimi?» deb so‘radim.
U zot:
«Ikki so‘kishgan, obro‘sini to‘kayotgan va yolg‘on gapirayotgan kishilar ikki shaytondir», dedilar».
Demak, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Niyoz ibn Himor roziyallohu anhuga o‘zini so‘kkan odamga javob qaytarishga izn bermadilar. Agar shunday qilsa, ikki beodob shaytonning biri bo‘lib qolishini tushuntirdilar. Bu doimo har bir musulmonning yodida turishi lozim bo‘lgan narsadir.
So‘kishni o‘ziga odat qilib olgan beodob insonlar o‘zlarining jirkanch xulqlari, pastkashliklari bilan nafaqat qarshisida turgan odamni, balki beayb, mo‘’tabar va ulug‘ insonlarni ham haqorat qilgan bo‘ladilar. Odam shaklida yurgan bunday shaxslarning yomonligidan uyda ibodat bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tirgan mushtipar onalar, opa-singillar va boshqalar ham chetda qolmaydilar. Ko‘proq bu haqoratlar so‘kuvchining ota-onasini va yaqinlarini haqorat qilish bilan qaytariladi.
Imomi Buxoriy Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Katta gunohlarning kattasi insonning o‘z ota-onasini la’natlamog‘idir», dedilar.
Shunda:
«Ey Allohning Rasuli! Qanday qilib odam o‘z ota-onasini la’natlaydi?» deb so‘raldi.
U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Bir odam birovning otasini so‘ksa, u ham buning otasini so‘kadi, onasini so‘ksa, onasini so‘kadi», dedilar.
Ko‘rib turibmizki, bu juda ham noqulay holat ekan. Ota-onaga rahmat, izzat-obro‘ keltirishning o‘rniga o‘zining beodobligi ila la’nat, so‘kish keltirish naqadar badbaxtlik. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Avgust 2022, 15:46 | Savol-javoblar | 179 | Hadislar