Yoga va Tibet lamalari sirlari (mashqlar)
Assalomu alaykum! Tibet lamalari sirlari va yoga mashqlari haqda so‘rashga ijozat bergaysizlar. Bu Tibet lamalari sirlari asli badantarbiya mashqlari bo‘lib uni kunlik ko‘paytirib boriladi va to‘xtatsayiz boshidan boshlashiz kerak va uni 5 rukni mavjud. Namoz ham vaqt va shunga o‘xshash bizda shubhaga sabab bo‘layotgan jihatlari ko‘p. Yani bu ularning dinidan kelib chiqib tuzilmaganmikin? Bizlar ham bu mashqlarni muntazam qilib borsak shariyatda burning xukmi qanday bo‘ladi ekan hayronmiz? Lekin Alloh saqlasin ularning birorta ham dini haqda bilmaymiz va unga amal uyoqda tursin o‘ylash ham hayolimizga kelmaydi. Yoga ham xuddi shunday bir mashqalardan ekan. Unda ham har xil yuqoridagi kabi holatlari mavjud ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar unday qilmanglar. Undan ko‘ra ko‘proq namoz o‘qisangiz yogadan ko‘ra ko‘proq foyda beradi. Chunki yogada bajariladigan mashqlardan ko‘ra namozda bajariladigan amallar foydali ekanligi yuz foiz to‘g‘ri. Yoga budga sig‘inuvchilarning diniy ibodati hisoblanib, bu xuddi musulmonlarda farz bo‘lgan namoz kabidek. U amalda oliy ruhga bog‘lanish kabi shirkiy g‘oyalar bor. Budga sig‘inuvchilar jismoniy foyda keltirishini bahona qilib bu shirkiy g‘oyani xalqimizga singdirilmoqda. Uning o‘rniga namozda qilinadigan amallarni bajariladigan bo‘lsa 100% foyda keltirishi aniq. Chunki g‘arb ulamolari “Namoz ibodati ilohiy ta’limot bo‘lib, inson qanchalik ko‘p namoz o‘qisa shunchalik sog‘lom bo‘ladi, hech qanday depressiyaga uchramaydi” deb hayotiga tatbiq qilishmoqda. Ba’zilar biz yogadan foyda ko‘rdik deyishlari mumkin. Iymon evaziga ko‘riladigan foyda foyda hisoblanmaydi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 18:50 | Savol-javoblar | 188 | Tabobat