Misteka yo‘nalishi xaqida

Assalomu aliykum Xurmatli Ustoz. Allox jamolini ko‘rish sizga va jamiki u sevgan bandalarga nasib qilsin. Ustoz maslaxatiz va ko‘rsatmayiz kere. Man jurnalistika fakultetini tamomlaganman. Qalamim bor, xikoya va qissalar yozib turaman. Lekin yo‘nalishim misteka va triller janrida. Misteka- g‘ayritabiy kuchlar, ko‘rinmas olam vakillari xaqida. Xullas qo‘rqinchli xikoya va qissalar. bu yo‘nalishni tanlaganimni boisi, qo‘rquv orqali odamlani yomon ishlaridan, xato fikrlaridan qaytarish. kelajakda rejjisorlik faoliyatida xam shu yo‘nalishda ketmoqchiman. Ustoz, xikoyalarimga personaj va voqealar qidirish maqsadida, turli xil materiallarni o‘qib turaman. masalan Satanizm, Demonologiya, Ekzarstizm va shunga o‘xshash manbaalar. Bu etiqodimga tasir qilishi mumkinmi? Man uchun gunoh bomiydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizning shaxsingizga bog‘liq. E’tiqodingiz mustahkam bo‘lsa bir gap, bo‘lmasa, boshqa gap. Umuman, yo‘nalishni bir oz o‘zgartirsangiz, yaxshi bo‘lardi.

4 May 2022, 12:25 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar