Kofir bo‘lamanmi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men oilaliman nomoz o‘qimiman, chunki qishda uyda g‘usl qilish uchun sharoitimiz yo‘q kun sovuq issiq hammom yo‘q. Bu uchun juda afsusdaman. Hurmatli ustozlar men avval o‘zimga fol ochirardim va buni shirk ekanligini bilmasdim(shirk so‘ziga tushunmasdim ham) endi bilaman va tavba qilaman qigan ishimga juda juda afsusdaman Alloh kechirsin meni! Savolim shuki 6 oylik qizim bor ko‘p yiglaydi injiq juda qaynanam faqat chiroq yoqamiz eskicha deyveradi men kerakmas desam ham avval qigansan yana qilasan diydi. Men asabim buzilib jerkib ham tashiman. Quronda harom diyilgan deb qorilarni maruzalarini eshittirsam ham ishonmaydi menga. Nima qilay, erim ham tabiyki onasi taraf. Shu bolaga bir narsa bo‘lsa uyinga ketasan diydi, aro yo‘lda qoldim nima qilay doktorga ham ko‘rsatdik foydasi yo‘q, ko‘p yig‘laydi. Nima qilay bilmayman iltimos
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Eng yaxshisi o‘zingiz o‘qib dam soling. O‘z yashaydigan uyda g‘uslga sharoit yo‘q deb yolg‘on gapirmang. Chaqaloq bor uy hech bo‘lmaganda iliq tutilishi aniq. O‘sha uyning burchagida katta tog‘orani olib kirib boshingizdan suv quyib olish hech qanaqasiga qiyin emas. Noshud bo‘lmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:15 | Savol-javoblar | 181 | Islam