Xaydovchini qarg‘ishi
Assalomu alaykum! 2 kundan beri xalovatim yo‘q. Sarpalarimni tiktirish uchun yashash joyimdan uzrqroqqa bordik. Onam bilan birga yo‘lni bilmaganimiz uchun tikuvchidan manzilni yuvorishini so‘radik yuvordila. Taksi to‘xtatib manzilni aytdim 15 ming so‘m bering uzoq joy didila Man 12 ming aytgandim. 15 ming so‘mga rozi bo‘lib o‘tirdik xaydovchi ko‘rsatilgan yo‘ldan boshqa ko‘chaga qayirildi. Man keyingi chorraxadan qayirish kerak ekan disam man bilaman bu yo‘q yaqinroq didi. Va anchaaa aylanib qoldi yo‘lning oxiri beton bilan to‘silgan ekan qaytib chiqib man aytgan yo‘ldan kelishilgan manzilga olib bordi. Tushishimizdan oldin yana 5 ming qo‘shing didi. Ie 15 minga kelishdide aytgan puliz shu shuni beramiz disam rozi bo‘masam surib chiqib ketadi didi. Rozi bo‘lin dib tushgandim iloyim o‘liginga buyursin dib qarg‘ab ketdi. Endi nima qilaman u inson mani noxaq qarg‘adimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xaydovchi nohaqlik qilibdi. O‘zining aybi bilan ortiqcha yurib, uni haqini mijozdan talab qilishga haqqi yo‘q. Siz o‘zingiz muruvvat qilib bersangiz, olsa bo‘lar edi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar