o‘sha oyat qaysi ekan?
Assalamu alaykum, ustoz. Sahihi Buhoriydan savol beryapman. Sahl ibn Sad as-So’idiy rivoyat qiladilar: Uvaymir al-Ajlomiy Osim ibn Adiy huzuriga kelib, unga: «Bir odam bir begona kishini o‘z xotini birlan o‘ynashayotganda tutib olsa, uni o‘ldiradirmi? Iltimos, shul haqda Janob Rasulullohdan so‘rab berg‘il!» — dedi. Osim so‘rab erdi, Janob Rasululloh uning bul savolini yoqtirmay, ayb qildilar. Keyin, ul qaytib kelib, Janob Rasulullohning bul savolni xushlamaganlarini Uvaymirga aytdi. Uvaymir: «Olloh taolo haqi, men o‘zim Janob Rasulullohning huzurlariga borib bul haqda so‘rag‘aymen!» — dedi. Osim ketgach, ul borgunga qadar Janob Rasulullohga mazkur masala xususida oyat nozil bo‘lgan erdi. Janob Rasululloh: «Sizlar so‘ragan masalaga doir oyat nozil bo‘ldi», — dedilar. Bu hadisda o‘sha oyat keltirilmagan ekan. Agar mushkullik tug‘dirmasa shu oyat qaysi ekanligini aytsangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mushkul tug‘ildi. Mendan o‘nlab kitobda yozib qo‘ygan narsamni so‘ramoqdasiz. Men har kimga alohida yozib berish imkonim yo‘qligidan kitob yozganman.
4 May 2022, 12:46 | Savol-javoblar | 162 | Qur’oni karim