Namozni qasr o‘qiymanmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Farg‘onalikman, oilam ham Farg‘onada yashaydi, lekin men Toshkentda ishlayman. Har xafta yoki 2 xaftada uyga borib kelaman. Yani yakshanba kuni ketib seshanba kuni kelaman. Toshkentda xo‘jaynning ijaraga olgan uyida yashayman. Men Toshkentda ishlab yurgan vaqtimda namozni qasr o‘qiymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz Toshkentda o‘n besh kundan kam turganingizda musofirsiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:16 | Savol-javoblar | 166 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar