Ba’zi shariatga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘rsatuvlar

Assalomu alaykum! Ekstrasenslar va folbinlar haqida ko‘rsatuvlarni ko‘rish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mumkin emas, chunki qalbni pokiza saqlash kerak. buning uchun esa qalbga ma’lumotlar oqib keladigan yo‘llarni ham muhofazasini qilish kerak. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu “Suv o‘t o‘lan, sabzavotlarni o‘stirgani kabi musiqa qalbda munofiqlikni o‘stiradi”  deganlar. Ba’zilar buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlari ham deyishgan. Ko‘z orqali kiradigan ma’lumotlarning holi ham shu. Bu haqida yuzlab hadislar bor. Vallohu a’lam!
25 Aprel 2022, 17:24 | Savol-javoblar | 127 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar