Qarindosh urug‘ munosabati

Assalamu alaykum! Ukam xolam qiziga uylanib, ma’lum sababga ko‘ra ajrashdi. Shu sabab onam, xolam va tog‘am o‘rtalarida qarindoshlik munosabatlari uzildi. Onamga aytaman Alloh  uchun bir-biringizni kechiringlar. Onam esa kechirmayman deb bir gapda turib olgan. Xatto biz farzandlarini xam ular bilan aloqa qilishimizga qarshilar. Men bunga rozi emasman desam ularni menga nisbattan norozilik muomalada gaplashadilar. Men faqat Alloh  uchun karindosh-urug‘lar bilan oramizdagi rishtani uzmoqchi emasman. Onam agar ukam o‘lsa xam uyiga bormayman, men o‘lsam xam uni kelishini xoxlamayman qo‘ymanglar deydi. Menga yo‘l ko‘rsating onamni rozi qilishim uchun nima qilay? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Yaxshilik va silai rahm” kitoblarini olib bering. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 12:46 | Savol-javoblar | 183 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar