Namozga sharoit yaratib berganga ajr bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Oilaviy korxonamizda 20 ta qiz ishlaydi. Men shu qizlarga ish boshqaruvchi va javobgarman. Qo‘limdan kelganicha ularni vaziyatga qarab namoz o‘qishga, yopiqroq kiyinishga, juma kunlari salovat aytishga undab turaman. Namoz o‘qisangizlar vakt beraman dedim. Hozir alhamdulillah 3tasi o‘qiyapti. Ularni namozlaridan ajr umid qilishim to‘g‘rimi? Umuman birorta sura bilmaydiganlari ham bor. Ularga qanday o‘rgatishim kerak? Arab harflarini bilishmaydi. Krillchada to‘g‘rimas dedilar. Agar telefonlariga mp3 shaklida tashlab bersam ham har o‘qishganida menga savobi tegadimi yoki qiynalib bo‘lsa ham o‘zim o‘rgataymi? Boshliqlikni dindagi majburiyatlarini qaysi kitoblardan o‘qisam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Albatta umid qilsangiz bo‘ladi. Kim bir odamni farzga dalolat qilsa va o‘sha odam uni qilsa dalolat qiluvchiga farzning savobi beriladi. عَنْ أَبِي مَسْعُودٍ الْبَدْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَجُلًا أَتَى النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَسْتَحْمِلُهُ فَقَالَ: إِنَّهُ قَدْ أُبْدِعَ بِي، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: اِئْتِ فُلَانًا. فَأَتَاهُ فَحَمَلَهُ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ دَلَّ عَلَى خَيْرٍ فَلَهُ مِثْلُ أَجْرِ فَاعِلِهِ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Abu Mas’ud al-Badriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir kishi kelib, (ulovsiz qolganini aytib), ulov so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Falonchining oldiga bor», dedilar.
Bas, uning oldiga bordi va u ulov berdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bir yaxshilikka dalolat qilsa, unga qiluvchining ajri mislicha (ajr) beriladi», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat rivoyat qilganlar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
4 May 2022, 12:46 | Savol-javoblar | 149 | Namoz