Qayta savol, tahorat

Assalomu alaykum! Mening mulklarim kasallanganligi bois tishim juda tez-tez qonab turadi. Tahorat vaqtida og‘zimni chayqayman 3 bora qon kelib tursa 4 yoki to‘xtagunicha. So‘ng navbatdagi amalni bajaraman. Oxirida oyog‘imni yuvyatganimda yoki tahoratni tugatganimda tishim qonayabdimi yoki yo‘qmi bilish uchun tupuraman. Qon aralash tupuk chiqsa va asosan qonning rangi g‘olib kelganda og‘zimni tishim qonashi ketgunicha (odatda 1-2 martta) chayqayman va tahoratni tugataman. Savolim shuki: shu ishim to‘g‘rimi? Tahorat so‘ngi amallarida tish qonashi yoki oxirida qonashida yana boshidan hamma a’zoni qayta yuvish kerakmi? Men faqat og‘zimni o‘zini chayqash bilan kifoyalanardim tahorat vaqtida ekanligim uchun. Tanishim esa boshidan boshlar ekan. «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati: – Va alaykum assalom! Tahorat asnosida uni buzuvchi amallar bo‘lsa (masalan, qon chiqsa), uni boshidan qaytadan boshlash shart. Vallohu a’lam! Assalomu alaykum. Ustozlar javobingiz uchun tashakkur. Javobingizga ko‘ra amal qilganda tahoratni 3 bor olishga to‘g‘ri kelmoqda. 3 bor yuviladigan yuzni 9 martta 3 marttada 2 qo‘l yovilishida esa 3 marttadan 3 bor 18 martta yuvishga va umuman tahoratni 3 bor olishga to‘g‘ri kelmoqda ba’zida 2 bor qon to‘xtamasa 3 dan ham ortadi. (Ya’ni milk qonaganda oxirida qayta tahoratni oladigan bo‘lsam takror qonaydi yana takror olaman va yana takror qonaydi) Ilk bergan savolimdagi holat tahorat hukmi bo‘yicha joiz emas ekan. Ammo mening mana bu holatim bo‘yicha uzurli bo‘lish mumkinmi? Yoki buni boshqa yo‘li bormi? Milklarim nosog‘lom qon to‘xtamaydi suv tegdi yoki yuzimga qo‘lim tegib yuzimni yuvyatganda asta harakat qilishimga qaramay milklarim qonaydi. Sarg‘ishdan ortib qonning rangi g‘olib keladi. Og‘zimni 5-6 bora chayqarman ammo oxirida bir tupurganimda qon chiqadi tupurmayman deb og‘zim qon namozga kira olmayman. Shu bois yuqoridagi qilgan ishimni joizmi deb so‘ragan edim. Bu holat kam bo‘lganida mayli ko‘p bo‘lsa ham tahorat olar edim ammo doimiy suratda mavjud. Xozirda sharoitm yaxshi emas tishlarimni tish toshlari bosgan ularni tozalash va kunlab davolanish hamda milklarni baquvvat qilib davolashga xozirda imkonim yo‘q. Insha’Alloh imkon bo‘lgan zudlik bilan davolayman. Ungacha nima qilay? Qilayotgan ishim to‘g‘ri emas ekan. Unda boshqa yo‘lini ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Milkingizni davolatishingiz zarur. Ushbu holatingiz sohibi uzr bo‘lishingiz uchun kifoya qilmaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:33 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar