Birovning puli
Assalomu alaykum! Mening yoshim 16da. Allohga shukur 13 yoshimdan boshlab namozni boshladim. Xarom va xalolni ajratishni o‘rgandim Alxamdulillax. Lekin meni bir narsa qiynayapti. 10 yoshimda 4 sinf bo‘lganimda biz sinf bilan parkka borgandik. U erda moshinchalarga o‘tirganimizda bir bola kelib shu erda pul ko‘rmadingizmi deb so‘radi. U bola bizning maktabdan edi, lekin yuzi esimda yo‘q. Keyin bilib oldimki pulni ustiga o‘tiribman ekan. Shu pulni olib uni qidirmoqchi bo‘ldim, lekin u ketib qolibdi. Keyin u pulni o‘zimga oldim. Aniq qancha olganimni bilmayman esimda emas. Lekin 15.000dan kamligi aniq edi. Endi Alloh oldida qanday qilib javob beraman deb o‘ylanib qolaman. Iltimos menga maslaxat beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha kishining nomidan sadaqa qiling. Topilsa o‘sha pulni berib rozi qilasiz. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 12:57 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar