Onam vafot etdi, men esa borolmadim
Assalomu alaykum! Karantin sababli boshqa davlatta qolib ketkanman, onam vafot etdi, janozasiga borolmadim. Taziyasini qanday o‘tkazishim kerak? Qanday namoz va qaysi duolardi o‘qishim kerak? Exson qilishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin. Sizga ham Alloh chiroyli sabr bersin va qiyomat kuni ota-onangizni yuzini yoruq qiladigan namoz, ro‘za va go‘zal xulqda hayot kechirishingizni nasib etsin. Aslida aza uch kun, undan keyin aza tutish halol bo‘lmay qoladi. Har bir ehson qilingan tiyin, har bir duo va har bir qilingan amali solih onangizni foydasiga bo‘ladi. Solih farzandlar besh vaqt namozda bardavom bo‘lib, ortidan ota-onamni mag‘firat qilgin, rahmatinga olgin, jannat nasib qilib, jannatdagi maqomlarini ko‘targin deb duo qilishadi. Biror namoz bu duodan holi bo‘lmaydi. Shunday qilish qo‘lingizdan kelsa qiling. Aslida bu sizni farzandlik burchingizdir. Burchingizni ado qiling. Bunday qilolmaganlar o‘xshatib qo‘yish uchun o‘zlarini yig‘laganga solib ko‘radi, nimalarnidir gapirib ota-onasini yaxshi ko‘rishligini bildirib qo‘ymoqchi bo‘ladi. odamlar malomat qilmasin deb bid’at marosimlarni qilmoqchi bo‘ladi. Haqiqiy qilishi kerak bo‘lgan yuqoridagi namoz va duolarni qilmaydi. Ota-onasiga yolg‘on muomala qiladi, u ham vafot etgach unga ham farzandlari o‘sha yolg‘on muomalani qilishadi. Ehsonni eng afzali haloldan topib, muhtojiga berilib va qabul bo‘lishini umid qilinib savobini ota-onaga bag‘ishlashdir. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar