Hozir talog‘ingni bervoraman desa

Assalomu alaykum! Erim ko‘p hollarda janjallashib qolsak gap qaytarib urishganim uchun, arzimas kichik janjallar uchun ham “hozir talog‘ingni bervoraman” deb qo‘rqitmoqchi bo‘ladilar. Hozir “talog‘ingni bervoraman” deganlarida ham taloq tushib qolmaydimi? Arzimagan narsalar uchun ham taloq berilaversa, oila parchalanib ketavermaydimi? Sizlardan iltimos, erkaklarga ko‘rsatish uchun taloq qaysi holatlardagina berilishi lozimligi haqida batafsil tushuncha bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! “Berib yuboraman” deyish bilan taloq tushmaydi.
Bir ayol erining ustidan shikoyat qilib, bir ahli ilmning oldiga kelibdi. Shunda masalani yaxshilab eshitgan ilmli kishi, bir idishda suv berib “buni, qachon eringiz bilan janjal boshlanganida og‘zingizga olib, yutmang ham, chiqarib ham yubormang. In shaa Alloh tez orada janjallashmay qolasizlar” debdi. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach o‘sha ayol minnatdorchilik bildirgani kelib, oilada janjallar butkul to‘xtaganini aytibdi. Shunda olimning shogirdlari “Ustoz suvga nima o‘qib dam solgan edingiz. Kelajakda shunday holatga tushsak, biz ham qo‘llaymiz” deganida, “Men hech narsa o‘qimadim, e’tibor berib qarasam janjalning sababi ayolning tilidan ekan. Shunga sukut saqlasin deb shu usulni qo‘lladim” degan ekan. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 13:30 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar