Ko‘z tegishi haqida hadis sahihmi
Assalomu alaykum! Kishi biror ne’matni ko‘rganida unga ko‘zi tegib, zarar etib qolmasligi uchun ko‘rgan ne’mat haqqiga duo qilib qo‘yishi kerak. Shunda o‘ziga tegishli bo‘lgan yoki biror birodariga tegishli bo‘lgan narsaga ziyoni tegib qolmaydi. Bu haqda Nabiy alayhissalom shunday deganlar: إذا رأى أحدكم من نفسه أو ماله أو من أخيه ما يعجبه فليدع له بالبركة فٍان العين حق" رواه الامام الحاكم Ya’ni: “Sizlardan biringiz o‘zida yoki molida yoki birodarida ko‘zni quvontiradigan narsani ko‘rsa, unga baraka so‘rab duo qilsin. Chunki ko‘z tegishi – haqdir” (Imom Hokim rivoyati). Demak, "Ko‘zi" bor odam, biror ko‘zni quvontiradigan narsaga ko‘zi tushsa, "Barokallohu fiyh", ya’ni: "Alloh unga baraka bersin", desa, ko‘z tegmaydi. Shu hadis sahihmi? Barokallohu fiyh desa ko‘z tegmaydimi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Amal qilinadigan hadis. Alloh taolo "Kafh" surasida marhamat qiladi: وَلَوْلَا إِذْ دَخَلْتَ جَنَّتَكَ قُلْتَ مَا شَاء اللَّهُ لَا قُوَّةَ إِلَّا بِاللَّهِ إِن تُرَنِ أَنَا أَقَلَّ مِنكَ مَالًا وَوَلَدًا 39. Bog‘ingga kirganingda: «Allohning xohlagani, Allohdan boshqada quvvat yo‘q», – desayding. Agar meni o‘zingdan mol-dunyo va bola-chaqa jihatidan kam deb bilsang.
Ko‘z tegishi haq, hattoki insonni o‘ziga berilgan ne’matga o‘zining ko‘zi ham tegishi mumkin. Shuning uchun o‘zini yoki farzandi yoki molidan biror narsa uni ajablantirsa quyidagi duoni o‘qisin.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh bir bandasiga ahl, mol yoki farzand ne’matini ato qilsayu, u “Maa shaa Allohu laa havla quvvati illaa billaah” deb aytsa(to ajali etib vafot topmagunicha) o‘limdan boshqa ofat ko‘rmaydi” deganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:34 | Savol-javoblar | 157 | Duolar