Siddiq va Solihlar
Assalomu alaykum! Savollarga berayotgan javoblaringiz uchun katta rahmat. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Men bir-ikki joyda siddiqlar, solihlar va shahidlar Firdavs jannatida barcha Nabiylar (alayhimussalom) bilan birga yashaydi deb o‘qidim. Bu gapni tasdiqlovchi hadis bormi? 2). Agar bor bo‘lsa siddiqlar va solihlar qanday sifatlarga ega bo‘lgan insonlar hisoblanadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siddiqlardan murod taqvodorlardir. Taqvo uch qismga bo‘linadi.
1). Kufrdan taqvo qilish. Bu iymon keltirish orqali bo‘ladi.
2). Harom va makruhotlardan saqlanish.
3). Shubhali narsalardan saqlanish.
Siddiqlarga ulamolarimiz juda ko‘p ta’riflarni berib, “Ular fitrati pok, qolblari pok, mjozlari mo‘’tadil bo‘lib, har bir holatda harom bilan haromni va haq bilan botilni ajrata oladilar. Haqni oliy darajada tasdiq qiladilar, til va amalni sodiqligida eng yuqori nuqtada bo‘lib, hayoti mobaynida tili va amalidan yolg‘on sodir bo‘lmaydi. Siddiqlik payg‘ambarlikdan keyingi maqom hisoblanadi. Siddiqlarning sultoni Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudir. Shahidlik undan keyngi darajada turuvchi oliy maqomdir. Shahidlar hamma vaqt adolat bilan qoim bo‘luvchi zotlardir. Alloh taolo ular haqida “Oli Imron” surasida شَهِدَ اللّهُ أَنَّهُ لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ وَالْمَلاَئِكَةُ وَأُوْلُواْ الْعِلْمِ قَآئِمَاً بِالْقِسْطِ لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ 18. Alloh adolat ila turib, albatta, Undan o‘zga iloh yo‘qligiga shohidlik berdi. Farishtalar va ilm egalari ham. Undan o‘zga iloh yo‘q. U o‘ta izzatlidir, o‘ta hikmatlidir – deb marhamat qilgan.
Solih deb solih amallarni birortasini ham qo‘ymay qiluvchilarga aytaldi. Alloh taolo “Niso” surasida marhamat qiladi: وَمَن يُطِعِ اللّهَ وَالرَّسُولَ فَأُوْلَئِكَ مَعَ الَّذِينَ أَنْعَمَ اللّهُ عَلَيْهِم مِّنَ النَّبِيِّينَ وَالصِّدِّيقِينَ وَالشُّهَدَاء وَالصَّالِحِينَ وَحَسُنَ أُولَئِكَ رَفِيقًا ذَلِكَ الْفَضْلُ مِنَ اللّهِ وَكَفَى بِاللّهِ عَلِيمًا 69. Kim Allohga va Rasulga itoat qilsa, bas, ana o‘shalar Alloh ne’matlantirgan nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birgadirlar. Va ular qanday ham yaxshi rafiqlardir!
70. Bu Allohdan bo‘lgan fazldir va o‘ta biluvchilikda Allohning O‘zi kifoya qilur. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 16:26 | Savol-javoblar | 150 | Ruhiy tarbiya