O‘qituvchining namozi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, man maktabda o‘quvchilarga 2-smenda dars beraman. Obetdan keyin. Shunda peshin va asr namozini o‘qiyolmayman. Lekin shomga etib kelib, shomni o‘qib ketidan peshin va asr namozini farzlarini o‘qiyman. Savolim shundan iboratki ushbu qazo bo‘lgan namoz vaqtlarini qazo demasdan farzini o‘qishlikni niyat qildim deb aytib niyat qilsa bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz kabi namozxon va Allohdan qo‘rqadigan ayollar farzandlarimizga ta’lim berayotganlaridan xursandmiz. Alloh sizni bu xalqimiz uchun qilayotgan mehnatingizni qabul aylasin va bardavom qilsin. Namozning masalasa biroz jiddiyroq. Ish joyingizda farzini o‘zini bo‘lsa ham o‘qishga harakat qiling. Buning uchun ko‘p vaqt ketmaydi. Qoldirgan namozlaringizni qazosini o‘qishingiz shart. Ularni "qoldirilgan oxirgi bamdodning farzi", "qoldirilgan oxirgi peshinning farzi", "qoldirilgan oxirgi asrning farzi" va hokazo deb o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 13:41 | Savol-javoblar | 156 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar