Birovning xaqi bo‘lib qolmaydimi?

Assalomu alaykum! Ukam bir tekistilda ishlaydi. Ukamni ishxonasidagi boshlig‘i ukamga «ishlash uchun ishchi olib kelsang xar bitta olib kelgan odaming uchun qo‘shimcha pul beraman» debdi. Endi ukam shu ishni qilsa to‘g‘ri bo‘ladimi? Birovning ustidan pul eyish bo‘lib qolmaydimi? Ukam bir odamga ish topib bergan va uni ish bilan ta’minlagan bo‘ladiku axir!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Korxonaga ishchi topib kelish evaziga pul olish joiz. Vallohu a’lam!

23 Avgust 2022, 22:34 | Savol-javoblar | 180 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar