Ummatni boshqalarga o‘zini o‘xshatishi

Assalomu alaykum! Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan ummat kofirlarga qadamba qadam taqlid qilishligi, hatto ular onalariga yaqinlik qilsalar ummatning ichidan ham shunday ifloslikni qiluvchilar chiqishligi to‘g‘risida hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Shu ma’noda sahih hadislar bor. عن عبد الله بن عمرو قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم ليأتين على أمتي ما أتى على بني إسرائيل حذو النعل بالنعل حتى إن كان منهم من أتى أمه علانية لكان في أمتي من يصنع ذلك  Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mening ummatim boshiga Banu isroil boshiga kelgan ishlar keladi. Xuddi shippakning biri boshqa poyiga mos kelgandek. Hatto ulardan ochiq-oydin onasiga yaqinlik qilganlardan bo‘lsa, ummatimdan ham bu ishni qiladiganlar bo‘ladi” dedilar. Termiziy rivoyati. 
Shuning uchun boshqa din vakillariga taqlid qilishdan to‘xtash kerak. Aks holda taqlid qilish musulmonni o‘z onasiga yaqinlik qilishgacha olib borib qo‘yadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:32 | Savol-javoblar | 150 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar