Pratez soch

Assalomu alaykum! Meni peshonamda sochimni tagida psariyaz kasaligi bor. Qizarib qazgoq yig‘ilib bilinib turadi. Shu joyni berkitish uchun o‘sha joyga pratez soch qo‘yrisam bo‘ladimi? U sochni tagida plyonka sifat narsa bo‘lar ekan. Shu pratez sochni qo‘ydirsam bo‘ladimi? Dinimizda bunga rusat bormi, faqat kasalikni berkitish uchun?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Ammo tahorat va g‘uslda olib turib tagiga suv etkazishingiz kerak bo‘ladi. Agar o‘sha sochni qo‘yadigan joyingiz faqat peshonani o‘zida bo‘lsa boshingizni orqa tomonidan boshingizni to‘rtdan biricha bo‘lsa ham protez qo‘yilmagan joyi bo‘lsa, o‘sha asl sochingiz bor joyga protez sochni olmasdan tahoratda mash tortishingiz joiz. G‘uslda sochni olishingiz shart. Chunki har bir tukni tagiga suv etishi shart. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 14:03 | Savol-javoblar | 194 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar