Rom ochish
Assalomu alaykum. Rom ochish, ( yosh bola qo‘rqar ekan buni bir M.......xon degan eshon ga olib borib o‘qitish kerak deyishdi va yana romham ochiringlar deyishdi ). Olib borishdi o‘qitishdi kitobga qarab rom ochishdi bola qo‘rgan yoshligida asorati bor 3-4 o‘qitib yuboringlar debdi(o‘zim ishtirok etganim yo‘q). Rom ochishda bir necha savollar berar ekan. U odam taniqli va ko‘p insonlar borishadi hurmat qilishadi va ko‘p joylarga chaqirishadi. Bu rom ochish degani menda shubha uyg‘otdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ziyrak ekansiz. Dinda rom ochish degan narsa yo‘q. Alloh taolo "Moida" surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالأَنصَابُ وَالأَزْلاَمُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ 90. Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochar) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, zafar topsangiz.
So‘ngra iymon keltirgan bandalariga xitob qilib:
«Bas, undan chetda bo‘ling», – demoqda.
Ya’ni «Shoyadki, ushbu ifloslikdan va shaytonning ishidan chetda turish mo‘min bandalarning najot topishlariga sabab bo‘lsa», – demoqda. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 10:48 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar