Alloh nomi bilan so‘yilmagan jonliq

Assalomu alaykum! Men chet elda pitstsa tayyorlanadigan oshxonada ishlayman. Bizda umuman cho‘chqa maxsulotlari ishlatilmaydi hamma go‘sht maxsulotlari mol go‘shti yoki parranda go‘shtlari lekin ular Alloh nomi bilan so‘yilmagan. Shuning uchun ular biz musulmonlarga iste’mol qilish xarom hisoblanadimi? 2). Bu erda arablar ham ishlaydi, ular menga yaxudiylar yoki xristianlar so‘ygan go‘sht halol deyishdi va Moida surasining beshinchi oyatini dalil qilishdi. Men nima deyishni bilmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ha.
2). U vaqtlarda nasoro va yahudiylar Allohning ismini aytib so‘yishgan. Hozir esa unday emas. Hatto hozirda yahudiylarning o‘zlari ham Allohning ismi zikr qilinmagan go‘shtlarni eyishmaydi. Tasmiyani aytib so‘yadigan arab va pokistonliklardan olib eyishar ekan. Ba’zi musulmonlarga xayronsan yahudiy emagan go‘shtni eyaverishadi. Nasorolar esa dinidagi so‘yish shartlariga mutlaqo amalq ilmay qo‘yishgan. O‘zlarining muqaddas kitoblaridagi so‘yish shartlarini ham ado qilishmaydi. Shuning uchun ulamolar g‘arb mamlakatlaridan kelayotgan go‘shtlarni eyishdan qaytarganlar. Hozirgi nasoroniy va yahudiyman deganlarni ahli ktiobligida ham shubha bor. Chunki ahli kitoblarning qonunlariga ko‘ra ba’zi bir iymon keltirishlari kerak bo‘lgan narsalarga iymon keltirishmaydi. Ular ichida ateistlari qanchalar bor. Ahli kitob deb tan olgan taqdirda ham so‘yishida shariatlarga mutlaqo zid holatda so‘yishmoqda. Qoni go‘shtida qolsin deb bo‘g‘ib o‘ldirayotgalar qancha, bexush qilish uchun tutgan shubhali yo‘llari juda ko‘p. Ahli ilmning jumhurining nazdida ahli kitobni so‘yishi halol bo‘lishi uchun tasmiya shart. U siz aytgan arablarning bu gapi Qur’ondagi “namoz o‘qinglar” deyilgan oyatlarga o‘xshaydi. Tafsilotini esa hadislar bayon qilgan, ya’ni besh vaqtligini, undaga farz va vojiblarini. Hozirgi kunda shariatni eng buzib ko‘rsatuvchilar arablarning ba’zi bir kishilari bo‘lib qoldi. Pokiza e’tiqoddagilari bundan mustasno. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 21:06 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar