Garov shartini bajarolmasa garov pulini olish xalolmi?
Assalomu alaykum! Bir o‘yimizni sotgo‘ncha bir ayol xaridor bo‘lib keldilar. O‘lar o‘z o‘ylarini sotib keyin bu o‘yni olishlarini aytib muxlat so‘radilar. Kelishuvga ko‘ra umumiy pulning 1,5%i garov qilib berdilar 1 oy muxlat oldilar va muxlat tugagach kelishuv bajarilmasa garov summasi kuyishiga kelishildi va barchasi xat qog‘ozda keltirildi. Ammo 1 oy o‘tgach turli xil sabablarni aytib yana muxlat so‘radilar. Zero o‘zim xam bo‘ uyni imorat qurish uchun sotayotgandim va issik kunlar o‘tib borar edi. Lekin axvollarini tushungan xolda yana 1 oy kutishga rozi bo‘ldim. Ammo 1 oy o‘tgach xam sotilmadi deb yana 2 xafta so‘radilar. Men boshqa kutolmasligimi va oxirgi marta muxlat beraetganimi aytib rozi bo‘ldim. Bu orada ularning elonlarini ko‘rib qoldim va ular o‘z uylari uchun ancha qimmat narx so‘rayotganlarini guvoxi bo‘ldim. 2 xafta tugagach men boshqa kutmasligimni aytdim. Lekin ular jo‘da iltimos qilib oxirgi marta yana 2 xafta muxlat so‘radilar va agar shunda xam pulni bermasalar uyni sotuvga qo‘yaverasiz dedilar. Men oxirgi marta rozi bo‘ldim va oxirgisi ekanligini aytib ogoxlantirdim. Shu tarika bu muxlat xam o‘tib jami 3 oy kutganligimi va boshqa kutmasligimi, chunki qurilish mavsumi yakinda tugashini, mendan xam uyda kattalar tomonidan qattiq so‘rov bo‘layotganini aytib, men uyni yana sotuvga qo‘yganligimi aytdim. Sho‘nda u ayol tomonidan xar xil gaplar bo‘lib ko‘nglimi og‘ritdi. Men ularni xakqorat qilib, yomon gap gapirmagan va iloji boricha tushunib axvollarini muxlatlar bergan edim. Lekin o‘lar shunday javob qilishgani uchun telefonlariga javob bermay qo‘ydim va boshqa gaplashmadim. Uy boshqa birovga sotildi. Savolim shundan iboratki, menda kqolib ketgan garov puli men uchun xalol bo‘ladimi? Yoki birovning xaqqi xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Olgan pulingizni qaytarib bering. Hanafiy mazhabida savdo bo‘lmasa bayboshi (zalog) qaytarib berilishi kerak. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 12:46 | Savol-javoblar | 171 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Olgan pulingizni qaytarib bering. Hanafiy mazhabida savdo bo‘lmasa bayboshi (zalog) qaytarib berilishi kerak. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 12:46 | Savol-javoblar | 171 | Moliya va tijorat