Ro‘za ochildimi?

Assalomu alaykum! Ro‘za tutganimdan keyin bir ikki hafta o‘tgandan keyin xomiladorligimni bildim, doktorlardan so‘rasam ro‘za tutish bo‘midi dedi lekin men ro‘zamni davom ettirdim. Bu orada "Ultratovush tekshiruviga-UZI"ga tushishimga majbur bo‘ldim, o‘sha tekshiruv paytida homila yaxshi ko‘rinmiyapti deb suv ichib ozroq yuring keyin yana qaytadan tushiramiz dedi. Men ro‘zaligim esimdan chiqib bilmasdan suv ichvoribman, bu holatda nima qilishim kerak endi kafforat bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar keyin esingizga tushganda tezda to‘xtagan bo‘lsangiz, zarari yo‘q. Keyin eb ichishni davom ettirgan bo‘lsangiz, qazo bo‘ladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 04:17 | Savol-javoblar | 147 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar