Hayvonni halollash

Assalomu alaykum! Hayvonlarni ya’ni molni "Bismilloh Ollohu Akbar" deb suygandagina Halol boladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ha. Allohning ismini aytmasa halol bo‘lmaydi.  وَلاَ تَأْكُلُواْ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُ لَفِسْقٌ وَإِنَّ الشَّيَاطِينَ لَيُوحُونَ إِلَى أَوْلِيَآئِهِمْ لِيُجَادِلُوكُمْ وَإِنْ أَطَعْتُمُوهُمْ إِنَّكُمْ لَمُشْرِكُونَ۝ 121. Ustida Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni emanglar. Shubhasiz, u fisqdir. Albatta, shaytonlar o‘z do‘stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangiz, albatta, sizlar ham mushriklar bo‘lursizlar. (An’om surasi). Vallohu a’lam!

4 May 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar