Munofiqlikdan qanday qutilsam bo‘ladi?

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Munofiq uchun bomdod va xufton namozlari o‘qish qiyin bo‘ladi" degan xadislariga tushib qolyapman. O‘zimni yaqin insonlarni yaxshilikka, namozga chaqirib o‘zimga eslatib tinchlangandek bo‘laman. Boshqalarga din xaqida eslataman, lekin o‘zim namozni xam to‘liq o‘qolmayman, shunday qilayotganimda bir xillarida vijdonim qiynaladi. O‘zimdan o‘zim uyalib ketaman. Jaxannamda kofirlardan pastgi darajada azoblanmaslik uchun nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hamma narsa ham ozuqlanish(zaryad olish)ga muhtoj bo‘lgani kabi insonning ham jasadi va ruhi ozuqlanishga muhtoj bo‘ladi. Shuning uchun sahobalar bir birlariga qarab “Kel iymonlashamiz” der edilar. Bu ehtiyojni qondirish uchun Alloh taolo jumani farz qilgan, jumada esa xutba bor. Sahobai kiromlar haftada bir Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nasihatlaridan ozuqlanib ketishar edilar. Qo‘shimcha ozuqlanish taqozo qilingan holatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam holatga qarab ommatan, gohida xos-xos kishilarga nasihat ham qilar edilar. Hozirgi kunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sharafli bu ishlari juma masjidi imomlari zimmasiga yuklatilgan. Imom domlalarimiz juma xutbasini ado qilinishi kerak bo‘lgan bir rasmiyatchilik kabi o‘ylamasdan farzni ado qilayotganlarini his qilishlari va  masjidiga keluvchilarni to‘liq ozuqlantira olishlari kerak. Ular bu holatda bee’tior bo‘lishsa nafaqat Allohning farziga bee’tibor bo‘lishgan, balki har bir namozxonni ruhiy ozuqasini ta’minlamagan bo‘lib qoladilar. Bu narsani a’lo darajada bajarayotgan imomlarimiz ham serob. Alloh ulardan rozi bo‘lsin va saflarini kengaytirsin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:27 | Savol-javoblar | 136 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar