Kasal yuborish orqali foiz olish
Assalomu aleykum! Xususiy klinikalarda mijoz jalb qilish usuli bor, boshqa davlat shifoxonasida ishlaydigan vrachlar aynan bir Xususiy klinikaga kasal yuboradi, shu erda analiz topshirasan, shu erda Rentgen qildirasan, yoki shu erda operatsiya qildirasan deb aynan bir klinikani adresi, nomi bilan yuborishadi. Xususiy klinika kasal yuborgan vrachga 20-30% kasal bergan puldan beradi.men yashaydigan viloyatda deyarli Barcha Xususiy klinikalar foiz qaytarish orqali mijoz jalb qilishadi.Ko‘pchilik vrachlar bilan gaplashganimda buni yomon tomoni yo‘q, qo‘shimcha daromad deyishadi. Men eshitishim bo‘yicha "otkat"ni har qanday ko‘rinishi harom deyilgan. Shu klinikalar va vrachlar qilayotgan ish harom bo‘ladimi? shu haqida batafsilroq ma’lumot bersangiz. Aynan shu ish orqali topilgan pulning hukmi haqida ham batafsilroq ma’lumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bemor odamga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va to‘g‘ri davolash tabibning burchi. Bu ishlarni qila olmasa bu soxada ishlashi joiz emas. Endi qo‘lidan keladi ammo bemorni arzon yo‘l turib qimmat tarafga dalolat qilib, bemor shu sabab ortiqcha sarflagan mablag‘ining hammasiga shu dalolat qilgan “vrach” javobini beradi, ahamiyat bering vrach otkat qilib olgan mablag‘iga emas balki bemor ortiqcha ishlatgan hamma mablag‘ga javobgar. Sababi shu vrachning yolg‘oni sabab harajat ko‘paydi, bu moliyaviy tarafi. Yana bir tarafi agar dalolat qilgan joy noto‘g‘ri tashxis qo‘ysa yoki davolasa bu ishning gunohiga ham sherik bo‘ladi. Oxiratda alamli azob kutadi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 03:28 | Savol-javoblar | 137 | Halol va harom