Duolaringiz va darslaringiz davomli bölsin!

Ustoz, sizdan Alloh subhanahu va taoloning özi rozi bölsin! Men siz xazratni turli masalalardagi savollar bilan köp bezovta qilayotgan bölsam kerak, buning uchun ming bor uzr sörayman. Ustoz, buning sababi shuki, men siz xazrat bilan shu savollar orqali suhbatda bölayotganimdan boshim kökka etyapti. Iltimos ustoz, mendek bir haq yölida ojiz shogirdingizni xatolari bölsa og‘ir olmang. Men uchun sizni borliginigiz, sizni haq yölida qilayotgan xizmatingiz judayam katta ahamiyatga ega. Bugungi maktubimdan maqsadim shuki, biz doim sizga biror bir shaxsiy masalada murojaat qilamiz, bu safar aksincha men sizni darslaringiz davomli bölishini, sizdek olimlarimiz köpayishini, sizni ilmingiz bundanda ziyoda bölishini Allohdan sörab duo qilaman. Bizlarni ham bu yölda sobit qilishini, Laa ilaha illalloh deb aytgan kalimalarimizga sodiq bölib qolishni Allohdan sörayman! Yangi yangi kitoblaringizni kutib qoluvchi g‘oyibona shogirdingiz Abdulloh! Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Omiyn!

4 May 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 155 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar