To‘ydagi zulm

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir odam singillarining farzandlari to‘yiga shariat ko‘rsatmasidan chetda bo‘lgan darajada isrof holatda sarflaydi. (qo‘chqor beradi, ham qo‘chqor ham ho‘kiz beradi, bergan boshqa narsalariku aytmasa ham bo‘ladi). O‘zini mol dunyosi oshiqcha bo‘lsaku maylikuya, o‘zida ham oshiqcha emas. Tushuntirilsa, odamlar nima deydi degan gap gapiradi. O‘zi ham qiynalib ishlaydi, farzandlarini ham qiynaydi. Shu mablag‘larni farzandlari ravnaqi uchun sarflash kerakmi, uylash uyli joyli qilish uchun. O‘sha qilayotgan ishi silai rahmmi yoki farzandlar haqqiga hiyonatmi? Bu holatdan qaytarishimiz insonni silai rahimdan qaytarish bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha qilayotgan ishi molni isrof qilish, riyo gunohini zimmasiga olish va farzandlarini haqqini eyish hisoblanadi. Olayotgan tomon ham harom molni qo‘liga olgan bo‘ladi. Chunki beruvchi buni ko‘nglidan chiqarib sarflamasligi aniq. عن عمرو بن يثربي رضي الله عنه  قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: لا يحل مال امرئ مسلم, إلا بطيب نفس منه  Amr ibn Yasribiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon kishining ko‘ngildan chiqarib bermagan moli halol bo‘lmaydi” deganlar.
Hokim rivoyati. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 14:46 | Savol-javoblar | 182 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar