Mashina sotgan edik

Assalomu alaykum! Biz o‘tgan yili yanvar oyida mashinamizni sotgan edik. Sotib olgan odam pulning bir qismini berib qolganini fevral oyida beramiz deb mashinani olib ketishdi. Lekin har oyda soraymiz mana shu kungacha berishmayapti. Aniqroq aytadigan bolsam bir yildan ham oshdi. Nima qilishni ham bilmayapmiz. 1. Shariyat bo‘yicha qanday yo‘l tutsak afzal? 2. Mashinamizni olib kelib qo‘ysak bo‘ladimi? 3. Bizga berilgan pul nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qarzdorning biror e’tiborli uzri bo‘lmasa, tegishli joylarga murojaat qilib bo‘lsa ham haqqingizni undiring.2). Umumiy holda joiz emas. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 13:29 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar