Oyoqlarni chalishtirish
Assalomu alaykum! Bu mavzuda savol berilganmi yoqmi qidirish xizmatidan topa olmadim. Oyoq-qollarni bir-biriga chalishtirib o‘tirishga shariatimiz qanday qaraydi? Ba’zi insonlar «shayton» bolalaydi deydi. Shu galpar asoslimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عَبَّادِ بْنِ تَمِيمٍ، عَنْ عَمِّهِ: أَنَّهُ رَأَى رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم مُسْتَلْقِيًا فِي الْمَسْجِدِ، وَاضِعًا إِحْدَى رِجْلَيْهِ عَلَى الْأُخْرَى. وَعَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ قَالَ: كَانَ عُمَرُ وَعُثْمَانُ يَفْعَلَانِ ذَلِكَ. Ibn Shihobdan rivoyat qilinadi: «Abbod ibn Tamim amakisidan rivoyat qilishicha, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning masjidda bir oyoqlarini ikkinchisi ustiga qo‘yib, chalqancha yotganlarini ko‘rgan». Ibn Shihob Sa’id ibn Musayyabning «Umar va Usmon ham shunday qilar edilar», deganini ham rivoyat qilgan. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Boshqa hadislarda yotgan kishi bir oyog‘ini boshqasining ustiga chiqarib olishdan qaytarilgan. Ulamolar o‘sha hadisning sharhida : “Yotgan odam chalqancha yotib, tizzasini bukib, ikkinchi oyog‘ini chiqarib olishdan qaytarilgan. Chunki u vaqtlarda shalvar o‘rniga hamommda ishlatiladigan lungi kabi libos kiyilgan. Unday shaklda yotishda avrat ochilib qoladi. O‘tirgan holatda bir oyoqni ikkinchisi ustiga chiqarib o‘tirishda karohiyat yo‘q” deganlar. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 08:03 | Savol-javoblar | 192 | Dolzarb savollar