Oilamdagilarga namozni o‘rgatish

Assalomu alaykum! Alhamdilullah shu yil ramazonning 4-kunidan boshlab namoz o‘qishni boshladim. Yoshim 18 da. Namoz o‘qib, juma namozlariga chiqib oz-moz bo‘lsa ham ilm oldim. Uyimdagilar namoz o‘qishmaydi. Otam,onam va singlim. Ularni namoz o‘qishlikka chaqirsam, xar bahona va vajlarni ko‘rsatib rad etishyapti. Onam va singlim hali umrida bir marta ham namoz o‘qishmagan. Singlimga ham namoz allaqachon farz bo‘lgan. Otam biladilar ammo o‘qimaydilar. Aytinglar, nima qilsam bo‘ladi? Axir qachon vafot etishimizni bilmaymizku! Ularni benamoz o‘tib ketishlaridan qo‘rqaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ularga gapirib o‘tirmang. Avval Islomni yaxshilab o‘rganing chiroyli amal qiling, oiladagilarni g‘ashiga tegmang. Indamasdan amal qilib duolarda bardavom bo‘ling. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 15:19 | Savol-javoblar | 138 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar