Ikki hadis haqida

Assalomu alaykum! 1). Internetda bir xadis o‘qib qoldim Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Kim asr namozini qasddan qazo qilsa barcha amallari xabata bo‘libdi - deyilgan. Shu xadis sahihmi? Shu haqida ma’lumot bersangizlar. 2). Yana bir xadisda: Ummatimni eng yaxshisi xotini ko‘prog‘idir. Shu hadis haqida ham. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Sahih hadis. Bu degani o‘sha insonning o‘sha kunda qilgan solih amallarining savobi habata bo‘ladi ma’nosida. 2).  Bu ibn Abbos roziyallohu anhuningso‘zlari bo‘lgan. عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ قَالَ: قَالَ لِي ابْنُ عَبَّاسٍ: هَلْ تَزَوَّجْتَ؟ قُلْتُ: لَا. قَالَ: فَتَزَوَّجْ، فَإِنَّ خَيْرَ هَذِهِ الْأُمَّةِ أَكْثَرُهَا نِسَاءً  Sa’id ibn Jubayrdan rivoyat qilinadi:
«Ibn Abbos menga: «Uylandingmi?» dedi. «Yo‘q», dedim. «Uylan, chunki bu ummatning eng yaxshisi ayollari ko‘p bo‘lganidir», dedi».
Bu gap hamma erkakka tegishli emas. Chunki hamma ham ko‘pxotinni uddasidan chiqolmaydi. Ba’zilar moddiy jihatdan uddalay olmasa, boshqalar adolat jihatidan. Bu vaqtda Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qilgan “Agar adolat qila olmaslikdan qo‘rqsangiz, bittani (oling)” oyati amal qilish kerak.  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana bir hadislarida quyidagicha marhamat qilgan: عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: يَا مَعْشَرَ الشَّبَابِ، مَنِ اسْتَطَاعَ مِنْكُمُ الْبَاءَةَ فَلْيَتَزَوَّجْ، فَإِنَّهُ أَغَضُّ لِلْبَصَرِ وَأَحْصَنُ لِلْفَرْجِ، وَمَنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَعَلَيْهِ بِالصَّوْمِ فَإِنَّهُ لَهُ وِجَاءٌ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ  Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Ey yoshlar jamoasi! Sizdan kim nikohga qodir bo‘lsa, uylansin. Albatta, u ko‘zni to‘suvchi va farjni saqlovchidir. Kim qodir bo‘lmasa, ro‘zani lozim tutsin, bu uning uchun bichilishdir», deganlarini eshitdim».
Beshovlari rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:51 | Savol-javoblar | 167 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar