Er xotin o‘rtasidagi nozik savol

Assalomu alaykum! Turmushimizga 4 yarim yil buldi. Erim 34 yoshdan o‘tvottila man 27 yoshga kirdim, 2 nafar farzandimiz bor alhamdulillah. Turmushimiz davomida doimiy uziq uzoq muddatlar 1-2-3-4-5-6-7-8 oygachayam jinsi yaqinlik taklif qilmaydilar yaxshi ham gapirib yomon ham gapirib oxiri o‘zim talap qilaman lekin bu holat o‘zimga yoqmidi g‘ururimga tegadi xozir o‘zim so‘ramiy qo‘ydim taslim bo‘ldim oilani boqadila ko‘pam urushmimiz jimgina farzandlarimiz boqip kotta qivommiz lekin jinsi yaqinliksiz ham oila bo‘ladimi bu qancha yillar yana davom etadi o‘zlaridan sababini so‘radim ko‘nglizda boshqa ayol bo‘sa man yoqmasa ayting xolasez ajrashamiz dedim ajrashishni istamidila boshqasi ham yo‘q didila lekin sababi 5ga1 dep ettila mani ayolligim endi nima bo‘ladi umrim oxirgacha shunaqa o‘tamanmi islomda shunday nozik masalalarda qanday yo‘l ko‘rsatilgan davolanishga boring disam xoxlamidila boraman dep boxona qip aldidila.  Ulani bu masalalarda umuman bezovta qimidi shunday yashash yoqadi nima qili ajraship ketiy disam qizim o‘g‘limmi uylap qolaman va sabr qilaman yana...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jinsiy yaqinlikda erning ham xotinning ham haqqi bor. Qaysi birlari bu haqni berishdan bosh tortsa o‘sha taraf gunohkor bo‘laveradi. Siz eringizning ko‘nglini olishga harakat qiling. Buyog‘i ayollardan so‘raladigan masala.
Muhaddis imomlar Abu Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Salmon roziyallohu anhu bilan Abu Dardo roziyallohu anhuni birodar qilib qo‘ydilar. Bas, Salmon Abu Dardoni ziyorat qilgani bordi va Ummu Dardoni bir ahvolda ko‘rib:
«Senga nima bo‘ldi?» – dedi.
«Birodaring Abu Dardoning dunyoga hojati yo‘q»,– dedi.
Abu Dardo kelib, uning oldiga taom qo‘ydi va:
«Egin, men ro‘zaman», – dedi.
«Sen emaguningcha men ham emayman!» – dedi (Salmon roziyallohu anhu).
Shunda u ham edi. Kechasi bo‘lganda Abu Dardo roziyallohu anhu turib, namoz o‘qiy boshladi. Bas, Salmon:
«Uxla», – dedi. U uxladi. So‘ngra yana turib, namoz o‘qiy boshladi. Salmon:
«Uxla», – dedi. U uxladi. Kecha oxirlab qolganda Salmon:
«Endi tur», – dedi. Ikkovlari namoz o‘qidilar. Keyin Salmon unga:
«Albatta, Robbingning senda haqqi bordir, nafsingning senda haqqi bordir va ahlingning senda haqqi bordir. Har bir haqdorning haqqini bergin!» – dedi.
U Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, haligi gapni zikr qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Salmon to‘g‘ri aytibdi», – dedilar».
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu xalifalik davrlarida, kechasi birovga bildirmasdan, shaharni aylanib, odamlarning hollaridan xabar olib yurar edilar. Kunlardan bir kun bir hovlida ayol kishining hijron haqida bayt aytayotganini eshitib qoladilar. Surishtirsalar, u ayolning eri Islom lashkarlari bilan urushga ketgan ekan.
Hazrati Umar odam yuborib, Hafsa onamizdan: «Ayol kishi ersiz qancha sabr qila oladi?» deb so‘ratibdilar. U kishi: «To‘rt oy», – deb javob beribdilar. Shundan keyin hazrati Umar askarlikda hech kimni to‘rt oydan ko‘p ushlab turmaslikka farmon bergan ekanlar. Vallohu a’lam!

16 Dekabr 2023, 12:28 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar