Iltimos shu hadisni sharhlab bersangiz
Mehribon va rahimli Allohga hamdu sanolar, sevimli Payg‘ambarimiz Muhammad mustafoga cheksiz salomu salovotlar bo‘lsin!Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari. Alloh sizdan, ota-onangizdan va ustozlaringizdan rozi bo‘lsin!“Ellik ikkinchi mo‘’jiza". Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:"Quddusi sharifni kofirlar bosib olgaylar, u joyga oliy imoratlar solgaylar, bu erning obod bo‘lishi–Madinaning xarobligidir. Madina xarob bo‘ldi ersa dunyo urishi boshlanib, qirgin bo‘lur. Buning bo‘lishi ersa, Qunstaniya fathining alomatidur, -dedilar” Iqtibos Alixonto‘ra Sog‘uniyning "Tarixi Muhammadiy (sollallohu alayhi vasallam)" (571 bet) kitobidan olindi. Hozir hammamizga ma’lumki Falastinga qarashli bo‘gan Quddusda, bugunga kelib Isroil hukumati bosib olgan erlarda yahudiylar uchun yangi binolar, turar joy uylari qurilishi yana davom etayapti (avvalroq bu qurilish ma’lum vaqtga to‘htatib turilgan edi).Iltimos shuni sharhlab bersangiz. Savolda xatolar bo‘lsa uzr so‘rayman.Javoblaringiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu gaplar boshqa hadislarda ham bor. Ammo uning haqiqatini, qachonligini birov bilmaydi. Siz qilgan taxminlarga o‘xshash narsadan boshqa gap yo‘q.
4 May 2022, 15:30 | Savol-javoblar | 141 | Hadislar