Savdo ishi va vositachilik

Assalomu alaykum! Men ikki savdogar o‘rtasida aloqa o‘rnatib bersam va bu o‘rnatilgan aloqa evaziga, ikki tomon xam yoki bir tomon shu ishdan keladiganmi foydasidan menga doimiy ulush va’da qilsa, bu oladigan ulush men uchun joiz bo‘ladimi? Bu savdo davom etish davrida men o‘z ishlarim bilan shug‘ullanib yuraman, faqatgina bo‘layotgan savdodan xabardor bo‘lib turman xolos, lekin savdo ishlariga aralashmayman. Shu olgan ulushim men uchun xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir marta olishingiz joiz, doimiy olishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 23:22 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar