Yana lotoreya haqida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar turmush o‘rtog‘imga lottoreya o‘ynash harom, undan kelgan pul ham harom desam “Menga aniq dalil ko‘rsat, bu qimorga kirmaydi, avvallari bunday o‘yinlar bo‘lmagan” deyaptilar. Iltimos agar imkoni bo‘lsa dalil keltirib bersangizlar, men turmush o‘rtog‘imga ko‘rsatar edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir narsaning bir ko‘rinishi va bir ma’nosi bo‘ladi. U vaqtlarda hozirgi lotoreyaning ko‘rinishi bo‘lmagan bo‘lsada ma’nosi bo‘lgan. Hamma o‘rtaga pul tashlaydi cho‘talchi o‘z ulushini olib qolganini bir yutganga beriladi. Shu ma’nodagi ishni Alloh taolo Qur’on karimda harom qilgan. Bu ma’no qachon va qaysi ishda, qaysi zamonda topilsa ham harom bo‘laveradi. Xuddi shuningdek hamrni harom ekanligiga dalil uning mast qiluvchi ekanligidir. Shu ma’no qachon va qaysi ichimlikda topilsa u ham harom bo‘laveradi. Hech kimning u davrda hozirgi kundagi qaysidir bir mashhur mast qiluvchi ichimlikning bo‘lmaganligi o‘sha ichimlikni halolligiga dalolat qilmaydi. Shuning uchun mast qiluvchi narsani o‘sha ko‘rinishda bo‘lmasa harom emas deyishi aqlli odamning gapi emas. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 10:49 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar