Sovuqda mustahab qilish

Assalomu alaykum! Xotinim dugonasi bilan telefonda taxorat olish haqida gaplashishibdi va dugonasi havo sovub qolgani bois, jinsiy a’zolarini shamollatib qo‘ymaslik maqsadida namozni to‘xtatib turganini aytibdi. Men xotinimga dugonang sovuq kunda xar safar taxorat olganda mustahab shart emas, taxoratni 4 shartini, ya’ni 3 martadan qo‘lni tirsakkacha, yuzni, boshga masx tortishni va oyoqlarini to‘pig‘gacha yuvsa taxorat olgan xisoblanadi va namoz o‘qisa bo‘laveradi deb aytdim. Shu gapim noto‘g‘ri emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar katta hojatdan keyin najosat chiqqan joyidan piyolaning orqasi hajmi miqdoridan katta joyga yoyilib ketsa yuvish farz bo‘ladi. Boshqa vaqtda yuvish shart emas. Tahoratni qo‘ldan boshlab ketaveradi. Qishda yanada osonroq, chunki oyog‘iga mahsi kiyilganidan keyin oyog‘ini bir marta yuvib, boshqa tahorat qilganida yuvish ham shart emas. Mahsisiga mash tortib yuraveradi. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 10:35 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar