Mijozlarni pulini aniq bilmaymiz

Assalomu alaykum! Bilamizki, xarom yo‘l bilan topilgan pul xarom bo‘lib qoladi. Juda ko‘plab kasb egalari har ish kuni har-xil insonlardan pul, maosh oladilar. Masalan: Savdogarlar bozor kunida kamida 5-10 kishi bilan savdo-sotiq qilishadi va ularga o‘z mahsulotini sotadi. Xaridorlarning ularga berayotgan puli xalol yoki xaromligi Allohga ayon. Shunday holatlarda savdogarni bilmay olgan xarom puligi olingan narsa yoki u sarf bo‘lgan yo‘l ularga xarom luqma yoki xarom amal bo‘lmaydimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz so‘rashga mas’ul emassiz. Yaxshi gumon qilib olinaveradi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 20:54 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar