Gunoh bo‘lmaydmi
Assalomu alaykum! Ustozlar, men topgan pullarni otam yoki onam olib qo‘ysa bo‘ladimi? Agar men shu pullarni ma’lum qismini ehson qilmoqchi bo‘lsam ota-onamga indamay yoki topganim shu deb ehson qilganimdan tashqari qolgan pullarimni bersam gunoh bo‘lmaydmi? Agar pullarimni hammasini bersam menga pul qo‘limga tegmaydi, shu o‘rinda o‘zimni kamchililariga ham ishlatsam bo‘ladimi? Shuni tushuntirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir kishi har tomonlama saodatga erishgan ekan. Uning sababini so‘raganida “Meni bir ishim bo‘lar edi, shu Allohga maqbul bo‘lgan bo‘lsa karak. Saodatimning sababi ham shudir. Men har bir topgan, kasb qilgan molimni ota-onamga berar edim. So‘ng ularga muhtojligimni izhor qilib ulardan so‘rab olar edim. Toki ular meni qo‘limga qarab qolgan, men ularga fazl qilgan emas balki ular menga fazl qilayotganlarini his qilsinlari uchun” degan ekan. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 04:20 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar