Quloqdagi kasallikka tahoratda engillik

Assalomu alaykum! Qulog‘imning ichiga taxminan har ikki oyda yiringli yara chiqadi va tahorat qilishda halaqit beradi ya’ni ko‘rsatkich barmog‘im bilan qulog‘imni ichini yuvayotganimda qo‘lim tegishi bilan yiring chiqib ketish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Taxminan 10 kunda butunlay tuzaladi shu vaqt oralig‘ida tahorat ololmayapman. Namoz men uchun judayam muhim biror nima qilib bo‘lsa ham namoz o‘qishim kerak iltimos to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar. Biror bir engillik bormi menga?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahoratda quloqni ichini yuvish shart emas. Mutlaqo qo‘l tekazmay qo‘yaverasiz. Yorilganda paxtani tiqib olib tahorat qilaverasiz. Hech qanday zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 160 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar