Nikohdagi guvohlar

Assalamu alaykum! Bir dugonam xar doim ibodatda yuradi, lekin yaqinda u bir yigit bilan bir biriga ko‘ngil qo‘yishdi va gaplashib yurishibdi. Hozir bola xam qiz xam bu zino ekanligiga gaplashishni xoxlashmayabdi. Bolaning xam qizning xam oilasidagilar 1 yildan so‘ng to‘y qilishmoqchi. Shuning uchun gunox qilib gaplashmaslik uchun to‘ygacha nikox o‘qitib qo‘yib, keyin gaplashib turishsa bo‘ladimi? 2). Nikox o‘qitganda guvoxlikka kelin tarafdan dugonasi kuyov tarafdan ham kuyovning do‘sti guvoxlikka o‘tsa bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Buni ota-onasi bilan maslahatlashishsin. 2). Agar shularning o‘zi bo‘lsa, guvohlar adadi etmaydi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 149 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar