10 yil alohida yashagandim

Assalomu alaykum! Men turmush o‘rtog‘im bilan 10 yildan buyon yashamay ko‘rishmagan bo‘lsam, borib javob olganimdan keyin idda saqlashim kerakmi? Surishtirib so‘rasam ikki xil fikrlar bo‘lyapdi. Joiz yoki shart emas degan. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 10 yil alohida yashagan vaqtda taloq olmagan bo‘lsangiz 10 yildan keyin olgan bo‘lsangiz idda saqlashingiz shart bo‘ladi. O‘zidan so‘rab ko‘ring, balki shu 10 yil ichida “xotinimni taloq qildim, qaytib yashamiman”  kabi so‘zlarni aytgandir. Aytgan bo‘lsa idda o‘tirishingiz shart emas. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 138 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar