Ikkinchi xotinga adolat

Assalomu alaykum! Ustozlar men bir insonni ikkinchi xotiniman. Mana necha yildirki erim birinchi xotiniga ko‘p sarf qiladi va aytgan har bir narsasini bajaradi. Olib bergan narsalarini esa meni oldimga kelib gapirib beradi. Tabiiyki jahlim chiqadi, lekin hecham sezdirmaganman. Nega hamma narsa unga, menga yo‘q degan gapirmaganman ham. Farzandlik bo‘lsakda o‘zgarish yo‘q, bizga vaqtini qizg‘onmaydi, lekin sarf harajatdan qochadi. Bu masalada erim va men qanday yo‘l tutsak to‘g‘ri bo‘ladi? Iltimos kanalga beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo bunday masalalarni ikki tarafning guvohligida va jonli majlisda ko‘riladi. Qolaversa, vojib bo‘lgan nafaqangizni ado qilayotgan bo‘lsa, boshqasiga daxl qilmang. Qiyomatda javobini o‘zi beradi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 21:20 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar